Янгиликлар /

Neymar takliflarni ko‘rib chiqmoqda

Мақола нашр қилинди

«Barselona» jamoasining 2 yildan keyin erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan hujumchisi Neymar «Real», «PSJ» va «Manchester Yunayted» jamoalaridan berilayotgan takliflarni ko‘rib chiqmoqda. Bu jamoalarning har biri uning shartnomasida ko‘rsatilgan 192 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashga tayyor.

ABC nashri ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar 24 yoshli bu braziliyalikka yiliga 15 million yevrodan to‘lashni nazarda tutuvchi 6 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Parijliklar Neymarga yiliga 18,5 million yevrodan maosh to‘lamoqchi, bu miqdor bonuslar hisobiga yiliga 28 million yevroni tashkil qilishi ham mumkin.

Manchesterliklar esa hujumchini o‘z safiga jalb qilish uchun unga 17 million yevro miqdoridagi yillik maosh tayinlashga tayyor.

Bu vaqtda «Barselona» futbolchi bilan shartnomani uzaytirib, uning yillik maoshi miqdorini 9 million yevrodan 14 million yevroga oshirmoqchi.

Futbolchining otasi Neymar da Silva hamda uning agenti Vagner Ribeyro uni «Barselona»dan ketishga va takliflardan birini qabul qilishga undamoqda.

Bundan oldinroq, Neymar «Barselona» bilan shartnomani 2022 yilgacha uzaytirishi haqida xabarlar berilgandi. Ammo shu vaqtgacha bu ro‘y bermadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.