Янгиликлар /

Pogba «Yunayted»da!?

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» «Yuventus» bilan Pol Pogbaning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Gianlucadimarzio.com ma’lumotiga ko‘ra, Fransiya terma jamoasining 23 yoshli futbolisi turli soliqlardan tashqari yiliga 13 million yevrolik maosh taklifini qabul qildi.

Yevro-2016 turniridan so‘ng «MYu» «Yuventus»ga Pogba uchun dunyo futbolidagi rekord darajadagi 120 million yevro taklif etmoqchi.

Hozircha dunyoning eng qimmat futbolchisi 2013 yilda 101 million yevro evaziga «Tottenhem»dan «Real»ga o‘tgan uelslik  yarim himoyachi Garet Beyl hisoblanadi.

Pogba «MYu» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012 yilda u «MYu»dan «Yuventus»ga erkin agent sifatida o‘tgandi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.