«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Borussiya»dan Genrix Mxitaryanning va erkin agentga aylangan Zlatan Ibrahimovichni transfer qilinishiga izoh berdi.
«Birinchidan, Zlatan Fransiya chempionatida, Miki esa Bundesligada o‘tgan mavsumning eng yaxshilari bo‘lishdi.
Zlatanni muxlislar emas, jurnalistlar emas, futbolchilar eng zo‘r deb tan olishdi. Bu esa ko‘p narsani anglatadi.
Miki ajoyib futbolchi, u hammadan ham ko‘ra menga ko‘proq yoqadi. U hujumchi ampluasida o‘ynamay turib, shuncha ko‘p gol urdi. Uning o‘tgan mavsumdagi ko‘rsatkichlari uning qay darajadagi futbolchi ekanidan darak. U ko‘p gol urish bilan birga sheriklarini shunchalik ko‘p marta golli pas bilan ta’minlagan.
Men uni jamoa uchun juda ham kerakli futbolchi deb bilaman.
Biz yangi mavsumda chuqur himoyada o‘ynaydigan jamoalar ustidan hokimlik qilishga intilishimiz va bunga erishishimiz kerak bo‘ladi. Shu tufayli bizga uning o‘yin tezligini o‘zgartira olish qobiliyati juda zarur.
U o‘yin tezligini o‘zgartirishga qodir. U to‘p bilan harakatlanganida ham, to‘psiz o‘ynayotganida ham jamoa uchun juda ko‘p ish qila oladi», — degan Mourino.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.