Янгиликлар /

Joze Mourino: Bu yoqimli albatta

Мақола нашр қилинди

Bugun «MYu» jamoasi Mourino boshchiligida o‘zining ilk o‘yinini o‘tkazdi va ushbu o‘rtoqlik o‘yinida «Manchester Yunayted» 2-0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng «qizil iblislar» ustozi Joze Mourino o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

«Bunday o‘yinlarda natija muhim deb hisoblanmasa-da, men ushbu natijdan xursandman.

Yana xursand bo‘layotganimning sababi shundaki biz mashg‘ulotlarda nimalarni amalga oshirgan bo‘lsak, men bugun o‘yinda ham shularni ko‘ra oldim.

Barchasini amalga oshirish vaqtni talab qiladi, biroq biz mashg‘ulotlarda xar xil taktikalar ustida ishlaymiz. Biz — men futbol haqida qanday o‘ylasam shunday o‘ylashni boshladik, bu yoqimli albatta.

Barcha futbolchilar o‘zlarining chiroyli o‘yinini ko‘rsatishga harakat qildi va muxlislar ham ularni qo‘llab-quvvatlab turishdi. Bu fanatastika.

Agar o‘rtoqlik o‘yinida shunchalik olqishlashgan bo‘lishsa, taqdimot marosimida aytganimdek, agar bular mendan nimadur kutayotgan bo‘lsa va men o‘sha narsani bera olsam, ishonchim komil muxlislar jamoani bundan ham zo‘r qilib olqishlab turishadi» deydi Mourino MUTVga bergan intervyusida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.