«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino o‘rtoqlik uchrashuvida «Uigan» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:0) yangi futbolchi Genrix Mxitaryanning o‘yiniga yuqori baho berdi.
Bu uchrashuv murabbiy va futbolchi uchun «MYu»dagi debyut o‘yin edi.
«Mxitaryan — top-saviyadagi o‘yinchi, u futbolchi uchun eng yaxshi yoshda — 27-28. U qoyilmaqom: fikrlash doirasida ham, driblingda ham. U maydonda tez fikrlaydi, qaror chiqarishni biladi.
U yarimhimoyaning turli nuqtalarida o‘ynay oladi. Unga keskinlik yetishmayapti, ammo men uning o‘yinidan qoniqdim», — deydi Mourino.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.