Янгиликлар /

Ibrahimovich: Men AQShga ketishimni inkor etmayman

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich mankunianliklar sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem undan o‘z jamoasiga o‘tishini so‘raganini aytib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, Bekxem ayni vaqtda AQShda o‘z jamoasini shakllantirmoqda va bu klub 2018 yildan MLSda ishtirok etishi lozim.

«Devid — yaqin do‘stim va u mendan o‘z jamoasida o‘ynashimni so‘radi. Ammo men ayni vaqtda «Manchester Yunayted»da g‘alabalarga erishmoqchiman. Shu bilan birga MLSni ham juda hurmat qilaman. Shunday ekan, istalgan narsa bo‘lishi mumkin».

«Men AQShga ketishimni inkor etmayman. Parijdan ketganimdan so‘ng ko‘p takliflarni eshitdim. Zlatan uchun bu odatiy holat. AQShdan tushgan taklif ham qiziqarli edi, ammo men «Manchester Yunayted»ga o‘tishdan va do‘stim Mourino bilan birga ishlashdan o‘zimni tiya olmasdim», — deydi Ibrahimovich.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.