Янгиликлар /

«Yunayted» uchinchi yangi libosini taqdim etdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» Adidas tomonidan jamoaning 2016-2017 mavsum uchun mo‘ljallangan yana bir libosini taqdim etdi.

Ushbu libos oq rangda bo‘lib qora chiziqlar bilan bezatilgan va o‘ziga xos dizaynerlik yechimini o‘zida mujassamlashtirgan.

Jamoa ushbu libosda ilk bor ertaga Shvedsiyaning Geteborg shaxrida bo‘lib o‘tadigan «Galatasaray» jamosiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi rejalashtirilgan. Rasmiy musobaqalarda esa ushbu libosdan Premer Liganing ilk turida «Bornmut» jamoasiga qarshi uchrashuvdan foydalanishadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.