Янгиликлар /

SEM: Reshford iqtidorli yigit

Мақола нашр қилинди

Angliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Sem Ellardays «MYu» hujumchisi Markus Reshfordning muntazam maydonga tushishini istamoqda.

«Reshfordning o‘yinini ko‘rishni istayman, ammo u o‘tgan mavsumdagi chiziqda o‘ynay olmaydi. U iqtidorli yigit, umid qilamanki, Joze buni payqay oladi va Markus o‘tgan mavsumdagi kabi maydonga tushadi.

Ammo Jozening vazifasi «MYu» bilan sovrinlar yutishdan iborat. U bir qancha ajoyib o‘yinchilar, jumladan, Ibrohimovichni olib keldi.

APLda yoshlarni maydonga tushirish oson ish emas, chunki xato juda qimmatga tushadi, ammo Reshfordning o‘yiniga boqing.

To‘g‘risini aytsam, agar o‘tgan yili «Mityulend»ga qarshi o‘yin oldidan Marsial jarohat olmaganida, biz Angliya terma jamoasida o‘ynayotgan yigitchani ko‘rmas edik. Biz Reshfordning iqtidori ochilishiga yordam berishimiz kerak», — deydi Ellardays.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.