Янгиликлар /

Runi: Pogba qaytsa xursand bo‘lardim

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi sardori Ueyn Runi «Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogba ortda qaytsa xursand bo‘lishini ma’lum qildi.

«Pogba shunday futbolchilar sirasiga kiradiki, u bilan mashg‘ulotda jarohat olish mumkin. U buni atayin qilmaydi. Pol to‘p uchun kurashishni yaxshi ko‘radi. Uning «MYu»ga qaytishini intizorlik bilan kutyapman.

Pogba «MYu»dan ketgach katta tajriba orttirdi. Aminmanki, agar u ortga qaytsa, katta yutuqlarga erishadi. U safimizga qo‘shilsa, xursand bo‘laman», – dedi Runi.  

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli futbolchi 2012 yilda «MYu»dan «Yuventus»ga erkin agent sifatida o‘tgandi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.