Янгиликлар /

Krespo: «MYu» g‘oliblar safiga qayta oladi

Мақола нашр қилинди

«Inter» va «Chelsi» klublari sobiq hujumchisi Ernan Krespo «MYu» boshqaruviga o‘tgan Joze Mourino va mankunianliklarning yangi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich haqida fikr bildirdi.

— Mourino va Ibrahimovich bilan birga ishlash ajoyib bo‘lgan edi. Har ikkisi ham g‘oliblik ruhiyatiga ega ajoyib yigitlar.

«MYu» muxlislari dunyo futbolining ikki mohir insonini o‘z saflariga qo‘shib oldilar. Biri maydonda, ikkinchisi esa murabbiylik boshqaruvida «MYu»ni yana g‘oliblar safiga qaytara oladi, — deydi Krespo.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.