Янгиликлар /

«MYu» «Galatasaroy»ni mag‘lub etdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» o‘rtoqlik uchrashuvida «Galatasaroy»ni tor-mor etdi. Uchrashuv 5:2 hisobida mankunianliklar hisobiga yakunlandi.

Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq «MYu»ning yangi o‘yinchisi, hujumchi Zlatan Ibrahimovich hisobni ochdi. Bu gol Ibraning yangi jamoasidagi ilk goli bo‘ldi. 

1-bo‘lim o‘rtalarida Sinan Gyumyus javob to‘pini kiritdi, 40-daqiqada Bruma turk klubini hisobda oldinga olib chiqdi.

55- va 59-daqiqalarda Ueyn Runi dubl rasmiylashtirdi. 62-daqiqada Maruan Fellayni va 75-daqiqada Xuan Mata o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘ydilar.

O‘rtoqlik uchrashuvi

Manchester Yunayted (Angliya) – Galatasaroy (Turkiya) – 5:2

Gollar: Ibrohimovich, 4 (1:0); Gyumyus, 22 (1:1); Bruma, 40 (1:2); Runi, 55 (2:2); Runi, 59 (3:2, pen); Fellayni, 62 (4:2); Mata, 75 (5:2).

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.