Янгиликлар /

Pogba Los-Anjelesda ko‘rikdan o‘tadi

Мақола нашр қилинди

Fransiya terma jamoasi hamda Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachisi Pol Pogba «MYu»ga qaytishga yaqin turibdi.

Oxirgi vaqtlarda og‘izdan-og‘izga o‘tishdan boshqa ishni qoyillatmayotgan Pogba «MYu»ga o‘tishga yaqin turibdi. Muxlislar nihoyat u haqdagi mish-mishlardan qutiladigan ko‘rinadi.

Ingliz nashrlarining xabar berishcha, «MYu» Pogba uchun 110 million funt to‘laydi. Transfer pulining 20 foizi futbolchining qorindor agenti Mino Rayolaga tegadi. Pogbaga haftasiga 290 ming funt maosh to‘lashadi.

Pogba tez orada Los-Anjelesda «MYu» safiga qo‘shilish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. U o‘tgan mavsumda «Yuventus» safida 42 o‘yinda qatnashib, 10 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.