Янгиликлар /

«Yunayted» Manchester derbisida mag‘lub bo‘ldi

Мақола нашр қилинди

Angliya Premer-ligasining 4-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yin «Manchester Yunayted» – «Manchester Siti» bahsi yakuniga yetdi.

«Old Trafford»da bo‘lgan uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan ikkala jamoa ham ochiq futbol ko‘rsatishdi. 15-daqiqaga kelganda Kevin de Bryuyne «MYu» himoyachilarining qo‘pol xatosidan foydalanib hisobni ochdi, — 0:1. Bu goldan biroz vaqt o‘tib Nacho Ixeanacho yana bir marotaba gol kiritib, «MYu»ni shokka tushirib qo‘ydi, — 0:2.

Ketma-ket gol o‘tkazib yuborgan «Manchester Yunayted» tezda shok holatida chiqib ketishni uddasidan chiqdi. Aniqrog‘i, 42-daqiqaga kelib Zlatan Ibrahimovich chempionatdagi to‘rtinchi golini urdi. U Klaudio Bravonining to‘pga chiqishda qilgan xatosidan foydalanib, oradagi farqni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘limda ikkala tomon ham juda ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘lganiga qaramay, to‘p kiritish birorta jamoaga nasib qilgani yo‘q. Shu tariqa, «Manchester Siti» derbida g‘alaba qozondi va ochkolari sonini 12taga yetkazdi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.