Янгиликлар /

Anri: Zlatan uchun bu muhim emas

Мақола нашр қилинди

«Arsenal» klubining sobiq hujumchisi Terri Anri «Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich haqida iliq fikr bildirdi. Anri o‘z vaqtida «Barselona»da Ibrahimovich bilan birga to‘p surgan.

«Zlatan Manchester derbisi kabi uchrashuvlarda maydonga tushish uchun tug‘ilgan. U faoliyatining oxiriga qarab ketmoqda va endi avvalgidek yosh emas. Balki u o‘yinlarni avalgidek boshqara olmay qolgandir, ammo Zlatan uchun bu muhim emas. U gol urmoqda va eng muhimi ham shu. Uning aynan shu hislati menga yoqadi. U g‘oliblik ruhiyatini taqdim eta oladi.

Zlatanga ikkinchi o‘rin hech qachon yoqmagan. U qaerga bormasin, mudom g‘oliblik uchun kurashadi. U gollar uradi va bu yil ham shu ishini takrorlashini ko‘rasiz. Menimcha u Angliya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘la oladi», — deydi Anri.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.