Янгиликлар /

«Yunayted» bir necha mutaxassisini ishga oldi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi yoshlar jamoasi uchun sirk artisti va parkur mutaxassisini ishga oldi, deb xabar bermoqda The Telegraph.

Mankunianliklar jarohatlar sonini kamaytirish uchun shu ishga qo‘l urishgan.

«Yoshlar jamoasidagi futbolchilarni ko‘rdim, ular umuman to‘g‘ri harakatlana olmayapti. Qanday yiqilish, dumalanishni bilmayapti. Natijada yelkadan olingan jarohatlar ko‘payib ketgan.

Men 15 marta daraxtdan yiqilganman, ammo biror marta jarohat olmaganman. Agar daraxtga chiqmasa, basketbol, kriket, regbi o‘ynamasa, tana mexanikasi shikastlanib qoladi» — dedi akademiya rahbari Niki Batt.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.