Joze Mourino APLning 4-turi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Jumladan, u Xosep Gvardiola bilan to‘qnashuvlarini esga oldi.
«Bularning barchasi mutlaqo turli vaziyatlar. «Barselona» – bu «Barselona», «Manchester Siti» emas. «Inter» va «Real» – ular ham «Manchester Yunayted» emas. Turli o‘yinchilar, turli falsafa, turli musobaqalar. Bizning jamoalarimiz o‘tmishda ko‘p to‘qnash kelgan bo‘lsa, bu narsa kimgadir ustunlik bermaydi», – deydi Mourino.
Eslatib o‘tamiz, Mourino va Gvardiola jamoalari o‘zaro 16 marta to‘qnash kelishgan. unda 7 marta ispaniyalik mutaxassis g‘alabaa qozongan bo‘lsa, 3 marta portugaliyalik murabbiyning qo‘li baland kelgan, olti o‘yin esa durang bilan yakunlangan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.