«Yunayted» yarim himoyachisi Maruan Fellayni shanba kuni bo‘ladigan derbini intizorlik bilan kutayotganligini aytib o‘tdi.
«Bu xaqiqiy jang bo‘ladi. Men o‘ziga xos atmosferada va chiroyli o‘tadigan o‘yinni kutmoqdaman. Oldindan kim g‘alaba qozonishini taxmin qilish qiyin. Imkoniyat ikkala jamoada ham 50/50».
Fellayni shuningdek jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuga bildirgan ishonchi uchun tashakkur aytdi.
«Menga buni eshitish juda yoqimli. Maydonda bor kuch bilan ishlashga kuch beradi. Men shuningdek xozirgi o‘ynayotgan pozitsiyamdan ma’mnunman. Bu mening eski pozitsiyam va bu mening eng yaxshi o‘rnimdir. Ushbu pozitsiyaga qaydganimdan xursandman».
«Men doim murabbiyning ishonchini xis qilib turaman. Joze menga ishon berdi, va men unga borimni berishga tayyorman».
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.