Янгиликлар /

Apollo Tyres yangi homiy

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» rasman yangi homiy tashkilot bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Jamoa Apollo Tyres kompaniyasi bilan uch yillik bitimga imzo chekkan.

«Manchester Yunayted» va Apollo Tyres 2013 yilda ham  o‘zaro hamkorlik qilishgan edi. Endilikda jamoa 100 ga yaqin Osiyo, Yaqin sharq va Afrika davlatlarida homiyning mahsulotlarini targ‘ib qiladi. Ushbu kompaniya jahon bozoriga avtomobil shinalarini ishlab chiqarish bilan mashhur bo‘lgan.

Hamkorlikning asosiy shartlaridan yana biri Hindistonda «Manchester Yunayted» yordamida futbol maktabini tashkil qilishdan iborat.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.