Himoyachi Erik Bayi jamoaning 2016-17 mavsumdagi dastlabki oyining eng yahshi o‘yinchisi nomiga sazovar bo‘ldi. Bu haqida jamoaning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Kot-de-Ivuarlik futbolchi jamoaning avgust oyida o‘tgazgan 4 uchrashuvning 3 tasida eng yaxshi o‘yinchi bo‘lgan edi. Yakunda ham futbolchi jamoaning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovar bo‘ldi.
Jamoaning tvitterdagi rasmiy sahifasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra muhlislarning 55 % Bayiga o‘z ovozlarini berishgan bo‘lsa, Zlatan Ibragimovich 37% ovoz va Deyli Blind 8% ovozga ega bo‘lishgan.
«Men hattoki bu «o‘yinning eng yaxshi futbolchisi» haqida o‘ylamagan ham edim, mening mehnatimni qadirlaganliklari uchun rahmat. O’ylashimcha, ushbu haftada yanada yaxshi o‘yinimizni namoyish qila olamiz»,- deydi Erik MUTV kanaliga bergan intervyusida.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.