Янгиликлар /

«Yunayted» Garet Beyl agenti bilan muzokaralarga kirishdi

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» klubi rahbariyati Madridning «Real» jamoasi yarim himoyachisi Garet Beyl agenti bilan muzokaralarga kirishgan.

Bu haqida OK Diario nashri xabar tarqatdi.

Manbada aytilishicha, ingliz klubi anchagina foydali shartnoma taklif qilgan holda 27 yoshli uelslik futbolchini qo‘lga kiritmoqchi.

«Qizil iblislar» o‘yinchiga soliqlarni inobatga olgan holda yiliga 16,7 million yevro maosh taklif qildilar.

Avvalroq, Madrid klub Beyl bilan bitimni uzaytirish niyatida ekanligini xabar qilingandi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.