Янгиликлар /

Mxitaryan: Tez orada safga qaytaman

Мақола нашр қилинди

Genrix Mxitaryan jarohatdan tez orada forig‘ bo‘lishiga umid bildirdi. Futbolchi Armaniston terma jamoasi tarkibida Chexiyaga (0:3) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

«Muhtaram muxlislar, men haqimda qayg‘urganingizdan boshim osmonga yetdi. Endi davolanish uchun Manchesterga qaytdim. Umid qilamanki, tez orada safga qaytaman» — deb yozdi Mxitaryan tvitter sahifasida.

Mxitaryan 4 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan Armaniston – Daniya o‘yinini o‘tkazib yuboradi, shuningdek 10 sentabr kuni o‘tkaziladigan Manchester derbisida ham maydonga tushmaydi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.