Янгиликлар /

Skoulz: Eslash qiyin

Мақола нашр қилинди

Pol Skoulz Angliya futbolining bugungi holatini keskin tanqid qilib chiqdi.

«Men tomosha qilishga arzigulik futbol deb sifatli futbolni bilaman, ko‘cha futbolini emas. 

Ko‘pchilik Angliya futboli barchasidan zo‘rligi haqida gapiradi.

Men esa Ispaniya chempionatini dunyodagi eng zo‘r liga deb bilaman. Germaniyada ham yaxshi jamoalar bor.  Italiyada hozir ahvol zo‘r emas. Angliyada bu ligani zerikarli va yomon liga deb aytishadi. Lekin men vaziyatni kuzatib borayapman va u yerdagi ahvolni yaxshiroq bilaman. Menimcha, «Yuventus» premer-ligadagi istalgan jamoani yenga oladi. O‘tgan mavsumda turinliklar «Manchester Siti»dan kuchliroq chiqishgandi. Biznikilar buni italyanlarning himoyaviy o‘yin ko‘rsatishi bilan izohlashadi.

Yevropadagi turnirlarga qaraydigan bo‘lsak ham ispanlar yaqqol ajralib turishini ko‘ramiz. O‘tgan mavsumda YeChL va Yevropa Ligasi chorak finalidagi 16ta jamoaning 6tasi Ispaniya vakillari bo‘lishdi. Bu qariyb yarmi. Taqqoslaydigan bo‘lsak APLning 2 jamoasi turnirlar chorak finalida ishtirok etdi. Bir necha futbolchilarni istisno qiladigan bo‘lsak, barcha kuchli futbolchilar Ispaniyada yoki «Bavariya» va «Yuventus»da jamlangan. Biz Messi yoki Neymarni Angliyada ko‘rmaymiz.

Rostini aytadigan bo‘lsak, «Solford»ning yoki menga o‘g‘lim a’zosi bo‘lgan jamoa o‘yinlarini kuzatish ko‘proq yoqadi. Premer-ligada esa keyingi 2 mavsum davomida sifatli o‘yin ko‘rdikmi? Men «Voh! Qoyilmaqom»! deyiladigan o‘yinlarni nazarda tutmoqdaman. Eslash qiyin. Afsuski, hozirda APLda o‘z o‘yiningni emas, homiylar va pullar uchun o‘ynash birinchi planga chiqib qoldi.

Masalan, «Barselona» biznes va futbolni teng olib boradi. Bu son-sanoqsiz muxlislarga ega klub. Ular foyda ko‘rishni istashadi, biroq bu asosiy va yagona maqsad emas. Ular katta g‘alabalarga intilishadi va tarkiblariga ajoyib futbolchilarni jalb etishadi», – deya Skoulzning so‘zlarini keltirgan The Guardian.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.