Янгиликлар /

Terri: Fergyusonni juda hurmat qilaman

Мақола нашр қилинди

«Ser Aleks Fergyusonni juda hurmat qilaman va hech qachon u men va oilam uchun qilgan ishini unutmayman».

Terri professional faoliyatini «Stemford Brij»da o‘tkazdi, ammo u bolaligida «Yunayted»da shug‘ullangan va ser Aleks uni «Manchester Yunayted»ga o‘tishini istagan.

Angliya terma jamoasi sobiq sardori 2006 yil «Observer»ga bergan intervyusida, Fergyuson unda katta taassurot qoldirganini aytgan.

«Chelsi»dagi birinchi kunimda, o‘zim istagan klubda ekanligimni his qildim ammo «Manchester Yunayted» ham men bilan bog‘landi. Men ser Aleks Fergyusonning o‘zi bilan uchrashdim va bu g‘aroyib uchrashuv bo‘lgan edi. Maktab ta’tili paytida Manchesterga borib, tengqurlarim (14 yosh) bilan shug‘ullandim, bir nechta uchrashuvda ishtirok etib qaytdim.

Ammo «Manchester Yunayted»da meni hayron qoldirgan narsa, ser Aleks meni o‘yin tomosha qilishga chaqirgani bo‘ldi. Keyin biz futbolchilar bilan tushlik qildik. U yerda otam, onam va ukam bor edi. Keyin esa Premer-liga kubogi bilan suratga tushdik.

«Chelsi»ga o‘tish qarorimni otam qiyinchilik bilan qabul qildi, ammo keyin u bilan suhbatlashib, bu to‘g‘ri qaror ekanligiga ishontirdim» — degan edi Terri.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.