Янгиликлар /

Pereyra: Kelasi mavsum «Yunayted» ga qaytaman

Мақола нашр қилинди

Hozirda Ispaniyaning «Granada» jamoasida ijara asosida to‘p surayotgan 20 yoshli Andreas Pereyra «Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan munosabatlarini aytib o‘tdi.

«Mourinyu menga mavsum oldi tayyorgarlik doirasidagi o‘yin uslubim unga maqqul kelganligini aytdi. – U mening Ispaniyada qanday o‘yin namoyish qilishimini kuzatib, so‘ngra jamoaga qaytarmoqchi va kelasi mavsumdan o‘ning qo‘l ostida to‘p surishim mumkin».

Pereyra shuningdek Zlatan Ibragimovichning jamoa qo‘shilishi borasida ham so‘zlab o‘tdi.

«U jamoaga kelgandan so‘ng, hammasi tushunarli bo‘ldi, u xaqiqiy professional. Hatto uning tashqi ko‘rinishidan ham buni anglash mumkin. U faqat g‘alaba qozonishni istaydi bo‘ldi, uning bor fikru hayoli – bu futbol. U jamoaga shaxsiy fizioterapevti bilan keldi».

«Mourinyu jamoaga kelgach ko‘p narsa o‘zgardi. Ibra jamoaga keldi, Pogba esa yana jamoaga qaytdi. Yana bir bor Polni jamoada ko‘rish juda yoqimli bo‘ldi, xuddi u uzoq ta’tildan so‘ng safga qaytganga o‘xshaydi barchasi. Yangi o‘yinchilar so‘zsiz jamoaga yordam beradilar. O’ylashimcha bu mavsum «Manchester Yunayted» Premer Ligada boshqacha o‘yin ko‘rsatadi».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.