Zlatan Ibrahimovich murabbiy Joze Mourino bilan yana bir bor ishlashdan mamnunligini bildirib o‘tdi.
«Men Jozeni anchadan beri bilaman. U nima xohlayotganini va nimani talab qilayotganini yaxshi bilaman. Men g‘alaba uchun borimni beraman va u ham shunday o‘ylaydi.
Mourino qaerda bo‘lmasin har doim g‘alaba qozongan. «Portu» bilan YeChL chempioni bo‘lishini hech kim kutmagan edi. Boshqa murabbiy jamoani qurayotganda qolganlardan sabr qilishlarini so‘rasa, Joze bu paytda yutuqlarga erishayotgan bo‘ladi.
U hamma bilan ochiq gaplashadi va ortingdan hech qachon gapirmaydi, nima gapi bo‘lsa yuzinga ochiq-oydin aytadi. U g‘alaba uchun kerakli hamma ishni qiladi va g‘alabaga erishadi. Huddi men kabi u ham mag‘lubiyatni tan olmaydi» – deya Ibragimovich so‘zlarini keltirmoqda VVS agentligi.
Eslatib o‘tamiz, Ibrahimovich 2008/09 mavsumda Mourino qo‘l ostida «Inter» bilan A Seriya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.