Янгиликлар /

Ibragimovich: kutilganidek yaxshi xarakat qildik

Мақола нашр қилинди

Muhlislar tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra Zlatan Ibragimovich «Zarya» jamoasiga qarshi o‘tgan uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq topildi. Futbolchi Yevropa Ligasidagi dastlabki g‘alaba to‘g‘risida mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.  

«Qachonki uchrashuv boshida gol urilmas ekan keyinchalik bu ishni amalga oshirish murakkab bo‘ladi».

«Keyingi bosqichga yo‘l olishni hohlar ekanmiz albatta g‘alabaga erishish lozim edi, va biz buni uddaladik. Uchrashuvda kutilganidek yaxshi xarakat qildik. Biz «Lester» ga qarshi yaxshi uchrashuv o‘tkazgan edik, bugun ham shunday bo‘ldi. Ha, biz o‘sha o‘yin kabi ko‘p gol ura olmadik, lekin g‘alaba qozondik, bu esa jamoaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Agar biz shunday ruxda davom etib va biroz yana o‘yinimizni kuchaytirsa  hammasi yaxshi bo‘ladi».

«Biz bir jamoa bo‘lib xarakat qildik, barcha kuch bilan vaziyatlar yuzaga keltirishga xarakat qildik va yakunda g‘alaba qozondik». 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.