Янгиликлар /

Ibrahimovich yettita klub safida gol urgan

Мақола нашр қилинди

Zlatan Ibrahimovich Yevropa ligasi doirasida  «Zarya»ga qarshi kechgan uchrashuvda gol urdi va jamoasining kichik hisobdagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Shu tariqa shvetsiyalik hujumchi o‘z faoliyatida yangi natijaga erishdi.  U yevrokuboklarda yettita klub safida gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi. Bu haqida UEFA rasmiy saytida xabar qilingan.

Shu vaqtga qadar bunday natijaga ruminiyalik Adrianu Mutu va norvegiyalik Jon Karyular erisha olgan edi. Ibrahimovich ilgari yevrokuboklarda  Niderlandiyaning «Ayaks», Italiyaning «Yuventus», «Inter» va «Milan», Ispaniyaning «Barselona» hamda Fransiyaning «PSJ» klublari safida gol urgan edi. 

Zlatanning hisobida Yevropa maydonlarida urilgan 52 ta gol bo‘lib, shundan 49 tasi YeChL va yana 3 tasi UEFA Kubogi hamda Yevropa ligasida kiritilgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.