Янгиликлар /

Zaxa «MYU» o‘tishiga yaqin turibdi

Мақола нашр қилинди

Angliyaning«Kristal Pelas» jamoasi yarimhimoyachisi Uilfrid Zaxa tez orada «Manchester Yunayted»futbolchisiga aylanadi. «Mankunianlar» bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson futbolchininghafta oxiriga qadar «MYU» futbolchisiga aylanishiga ishonmoqda, deya xabar bermoqda«The Guardian» nashri.

Futbolchi jamoasiningQatarda olib boradigan kichik yig‘iniga bormadi. Zaxa «MYU» bilan barcha masalalarnihal qilib olish uchun ham Angliyada qolgan.

Qayd etib o‘tishjoiz, futbolchining transfer narxi 12 million funt sterlingni tashkil qiladi. Zaxa«MYU»ga o‘tgach, mavsum so‘nggiga qadar sobiq klubiga yana ijaraga beriladi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.