«Manchester Yunayted» ning hamkorlaridan biri Chilining mashhur vino ishlab chiqaruvchi Concha y Toro – jamoa bilan yangi 3 yillik shartnoma imzoladi. Concha y Toro «qizil iblislar» bilan 2010 yildan buyon hamkorlik qilib keladi, yangi bitimga ko‘ra tomonlar 2019 yilga qadar hamkorlikda ish olib borishadi.
O’tgan 6 yil davomida Concha y Toro brendi dunyo bo‘ylab tanildi, mashhur Casillero del Diablo vinosi «Old Trafford» ga tashrif buyuruvchilar uchun judda maqqul kelgan.
«Manchester Yunayted» va Concha y Toro hamkorlikda AQSh va Chilidagi futbol maktablarida tadbirlar o‘tkazib turishadi. 2014 yilda korxona tomonidan chiqarilgan «Afsonaviy «Manchester Yunayted» vinosi» 300 000 shishada sotilgan.
Jamoa rahbariyati va Concha y Toro korxonasi hamkorlik ikki tomonga ham foydali bo‘lishini aytib o‘tishmoqda.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.