«Manchester Yunayted» afsonasi Erik Kantona jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuni qo‘llab quvvatladi va jamoa chempionlik uchun kurash olib borishga imkoniyati borligini aytib o‘tdi.
«Bu hali boshlanishi, «Manchester Yunayted» chempion bo‘lishi uchun imkoniyati bor. Joze Mourinyu – muvaffaqiyatli murabbiy, hozirda u yaxshi jamoada, unda bu yil ajoyib futbolchilar bor».
«Lekin Premer Liga – judda qiyin chempionat, bu yerda bir qator yaxshi jamoalar va Pep Gvardiola kabi ajoyib murabbiylar bor».
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» so‘ngi bor 2013 yilda Ser Aleks boshchiligida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi, shundan so‘ng jamoa yettinchi, to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelioqda.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.