Янгиликлар /

50 nafar skaut yollandi

Мақола нашр қилинди

Goal.com nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasi so‘ngi oylar ichida dunyo bo‘ylab iqtidorli futbolchilarni topish maqsadida 50 nafar skautlarni yolladi.

Jamoa iqtidorli kadrlarni topishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Yevropaning turli mintaqalaridan yetuk mutaxassislarni jalb qilgan. Bu orqali jamoa tizmlariga ham bir qator o‘zgarishlar kiritilishi ko‘zga tutilgan.

Taklif qilingan skautlar yilda ikki bor olib borgan ishlari bo‘yicha hisobot va jamoa uchun zarur bo‘lgan futbolchilar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etishadi.  

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.