Янгиликлар /

Valensiya: Ularga katta rahmat

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» — «Arsenal» o‘rtasidagi uchrashuvni eng yaxshi futbolchisi deya topilgan Antonio Valensiya jamoa tibbiy xodimlariga o‘z tashakkurini aytib o‘tdi.

Liga Kubogi uchrashuvida jarohat olgan futbolchi tibbiy amaliyotdan o‘tib safga qaytgan edi.

Antonio o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida jamoa tibbiy xodimlari bilan surat ostida quyidagicha izoh qoldirdi: «Afsuski bugun biz uch ochkoni ola bilmadik. Keyingi uchrashuv bundandan yaxshi bo‘ladi. Men «Manchester Yunayted» jamoasi tibbiyot xodimlariga katta rahmat aytmoqchiman. Meni tezroq tiklanishim uchun ko‘rsatgan yordamlari uchun katta rahmat».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.