Hujumchi Zlatan Ibragimovich Shvetsiyada yil futbolchisi nomiga sazovar bo‘ldi deya xabar bermoqda GOAL nashri. 35 yoshli futbolchi bu mukofotga 10-bor ketma-ket loyiq ko‘rilmoqda.
Zlatan ilk bor ushbu unvonga 2005 yilda loyiq ko‘rilgan edi. Kelgusi yilda esa «Arsenal» ning sobiq yarim himoyachisi Fredrik Yungberg ushbu mukofotni qo‘lga kirtgan bo‘lsa, shundan so‘ng Ibragimovich o‘z mamlakatining birinchi raqamli futbolchisi deya qayd etib kelinmoqda .
«Buning barchasi fantastik tuyg‘u. Ko‘pchilik o‘ylashi mumkin: nega u? Lekin 15 yillik terma jamoadagi va 20 yillik klublardagi faoliyatim bunga yetadi deya o‘ylayman», — deydi Ibragimovich.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.