Янгиликлар /

Bekhem: Rahmat Zlatan

Мақола нашр қилинди

Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Devid Bekhem hozirda «qizil iblislar» safida to‘p surayotgan shvesiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovichning o‘yinlariga baho berdi.

«Uning harakatlari, hissiyoti, o‘yinga muhabbati – yillar davomida o‘zgarmay kelmoqda. U hamon dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri.

U endi «Manchester Yunayted» uchun, mening klubim uchun o‘ynayotganidan xursandman. Buning uchun, rahmat Zlatan.

Zlatan hamisha yuqori saviyadagi o‘yinni namoyish etadi, u g‘alaba qozonishni istaydi. Biz «PSJ»da birga o‘ynaganimizda bunga amin bo‘lganman. U chempionat o‘yinimi yoki mashg‘ulotmi farqi yo‘q – har doim g‘alaba qozonishni istaydi.

U bunga erisha olmasa, xuddi mening bolalarimdan biriga o‘xshab juda xafa bo‘ladi va g‘azabga tushadi. Zlatan men uchun – g‘olib», deya Bekhemning so‘zlarini keltirgan TV4Sport.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.