Joze Mourino Genrix Mxitaryan nega asosiy tarkibda tushmayotganiga izoh berib o‘tdi.
«Men Genrixga «Arsenal» bilan o‘yinda tushish uning uchun emasligini aytdim. Oxirgi 10 yoki 20 daqiqada harakat qilish uni qoniqtiradi deb o‘ylamayman. Genrixga birinchi daqiqadan yoki butun ikkinchi bo‘limni o‘tkazadigan yaxshi o‘yin kerak».
«U o‘zini to‘la namoyish etishi uchun kamroq bosim va yaxshi sharoitlar kerak».
«Ha, u men ko‘rishni istagan holatga yaqinlashdi. Bugun men unga «Feyenoord» bilan o‘yinda tushishim haqida aytdim. Albatta, u mavjud vaziyatdan norozi, lekin Genrix vaziyatni o‘zgartirish uchun harakat qilmoqda va ishlamoqda», – degan Mourino The Telegraph nashriga.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.