Янгиликлар /

Mourinio: Bu uning uchun ideal joydir

Мақола нашр қилинди

Joze Mourinio takidlashicha jamoa rahbariyati Zlatan Ibragimovich bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirish niyatida.

«Zlatan bilan bog‘liq holat barchasi oddiy. Uning shartnomasi bir yilga mo‘jjallangan va yana bir yilga cho‘zish imkoniyati bor, va biz undan ma’mnunmiz».

«U bu yerda baxtli, «Manchester Yunayted» ga borini bermoqda va bundan u xursand. Bu uning faoliyatidagi so‘ngi katta chaqiriq bo‘lishi mumkin, shunday ekan bu uning uchun ideal joydir».

Shuningdek bu borada Zlatanning o‘zi ham «Yunayted» xaqida quyidagilarni aytib o‘tdi.

«Men 20 yildan beri futboldaman, va yana ko‘p muddat qolishim mumkin chunki o‘zimni juda yaxshi xis qilmoqdaman. Men yanada porloq bo‘lishim mumkin, va siz buni hohlasangiz, men sizlar uchun buni qilishga tayyorman» — deydi Ibragimovich.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich ushbu mavsumda «Manchester Yunayted» tarkibida 14 ta o‘yinda ishtirok etib 8 ta gol urishga erishgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.