Янгиликлар /

Rayola: Zlatan yana bir yil qolishi mumkin

Мақола нашр қилинди

Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola aytigishicha uning mijozt katta ehtimol bilan kelasi yili ham «Manchester Yunayted» safida to‘p suradi.

«Ha, katta imkoniyat bilan u yana bir yil jamoada qolishi mumkin. Uning jamoa bilan tuzgan shartnomasidan bunday band bor, va bu biz uchun xech qanday yangilik emas. Bu barchasiga vaqt oydinlik kiritadi. Zlatan xitoyliklarning milionlarini radetdi va Angliyaga keldi, va bu yerda hali u o‘z ishini tugallatgani yo‘q. Uning ko‘zlarida olov bor hali, u o‘ynashni va g‘alaba qozonishni istaydi. Agar barchasi pulga bog‘liq bo‘lganida edi, u hozirda «Manchester Yunayted» o‘yinchisi bo‘lmas edi. Uning bosh maqsadi Premyer Ligada g‘olib bo‘lish. Bu uning hozircha ishtirok etib, chempion bo‘la olmagan birgina chempionati holos».

Rayola shuningdek yana bir mijozi Genrix Mxitaryan borasida ham to‘htalib o‘tdi.

«U o‘z darajasini Germaniyada ko‘rsatib qo‘ygani, lekin men hozirda unda Dortmundagidan ko‘proq agressiv, ko‘proq hal qiluvchi o‘yinni ko‘rmoqdaman. Endilikda unda Premyer Liga o‘yinlaridan ishtirok etish uchun agressivlik yetarli darajada».

«men bilaman, Miki angliya chempionatining eng yaxshilardan biri bo‘lishi mumkin. U buni Germaniya, va Ukrainada ko‘rsatib qo‘ygan. Men ko‘rib turibmanki «Manchester Yunayted» uning uchun juda mos. U bu yerda o‘z darajasini ko‘rsata oladi».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.