Янгиликлар /

Rashford va Marsyal jamoani tark etishi mumkin

Мақола нашр қилинди

«Vest Xem» qishki transfer oynasi vaqtida «Yunayted»  hujumchilari Markus Rashford va Antoni Marsyalni ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olishga umid qilmoqda deya xabar bermoqda The Telegraph nashri.

London jamoasi ikkala yosh futbolchiga asosiy tarkibdadan joy berish niyatida. Ushbu mavsumda Marsyal APL da 10 uchrashuvda maydonga tushib (7 tasi asosiy tarkibda) 1 gol urgan. Rashford esa 14 o‘yinda (8 tasi asosiy) 3 gol urgan.

Bu futbolchilarni jamoaga jalb qilib rahbariyat hujum chizig‘ida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf qilish niyatida.

Avvalroq «qizil iblisolar» bosh murabbiyi Rashford va Marsyalni xech qaysi jamoaga qo‘yib yuborish niyati yo‘qligini aytgan edi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.