«Vest Bromvich»jamosiga qarshi (0:2) uchrashuvdan so‘ng Joze Mourino futbolchilarga 2 kunlik ta’til bergan edi. Ushbu ta’tildan foydalanib futbolchilar xordiq chiqarib bir qator tadbirlarda ishtirok etishdi.
«Yunayted» sardori Londonda joylashdan oromgohlardan birida Yangi yilga bag‘ishlangan tadbir tashkil qildi. The Daily Mail nashrining xabar berishicha tadbir o‘ziga xos yorqin tarzda bo‘lib o‘tgan. Tadbirda shuningdek jamoa a’zolari Maykl Karrik, Markus Reshford, Fil Jons, Kris Smolling, Jessi Lingard va Sem Djonstoun ham ishtirok etishgan.
Zlatan Ibragimovich va Deyli Blind ikki kunlik ta’tildan foydalanib o‘z yurtalariga borib kelishgan, Maruan Fellayni esa ukasi bilan Milanda dam olgan.
Jamoa a’zolari kecha mashg‘ulotlarga qaytishgan va APL 18-turi doirasida «Sanderlend» ga qarshi kechadigan uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.