Янгиликлар /

Fellayni «Milan» ga ketadi-mi?

Мақола нашр қилинди

The Times nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Maruan Fellayni qishgi transferlar oynasi vaqtida Italiyaning «Milan» jamoasi safiga qo‘shilishi mumkin.

29 yoshli Belgiya terma jamoasi futbolchisini kecha Milanda ko‘rishgan. Italyan jamoasi Fellayni bilan tez orada shartnoma tuzishi mumkin.

Fellayni o‘zi ham jamoadoshlariga boshqa jamoaga o‘tishi borasidagi tanlovlarni ko‘rib chiqayotganini aytgan.

Avvalroq «MYu» jamoasi futbolchini 20 million funt mablag‘ga sotish niyatida ekanligini aytib o‘tgan edi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.