«Yunayted» yarim himoyachisi Ander Errera raqobatdan qo‘rqmasligi va asosiy tarkib uchun kurashishini aytib o‘tdi.
«Men «MYu»da hali uzoq vaqt qolishni istayman, ammo hech kim kelajakni oldindan bilmaydi. Agar «Yunayted»da o‘ynashni istasam, juda yaxshi o‘yin namoyish qilishim lozim. Chunki «MYu» — Angliyaning eng grand jamoasi».
««MYu» istagan futbolchini sotib olishi mumkin, shu sababli har bir futbolchi klubga munosibligini isbotlab borishi lozim. Bu ish oson emas, ammo men uddalay olaman, deb umid qilaman. O’z o‘rnim uchun kurashaman», — deydi Errera.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.