Янгиликлар /

«Yunayted» yana AQSH ga boradi

Мақола нашр қилинди

Joze Mourino rahbariyatdan kelasi yilgi mavsum oldi tayyorgarlik turnesini AQSh da o‘tkazishni so‘radi, deya xabar bermoqda The Telegraph nashri.

Joriy yilgi mavsum oldi Xitoyda olib borgan turne «Yunayted» uchun qoniqarsiz bo‘lgan edi. Jamoa Xitoyda faqatgina «Borussiya D» bilan uchrashuv o‘tkazgan, «Manchester Siti» ga qarshi uchrashuv esa noqulay ob-havo tufayli bekor qilingan edi.  Shu sababli bosh murabbiy Joze Mourino jamoa ijrochi direktori Ed Vudvordga kelsi yilgi tayyorgarlikni AQSh da olib borish taklifini kiritgan.

Vudvord jamoaga AQSh da mashg‘ulotlar uchun qulay sharoit va kuchli raqib topish imkoniyatini qidirmoqda.  

«Yunayted» Shimoliy Amerikaga tashrifi doirasida 3 ta uchrashuvda ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu uchrashuvlardan bittasi albatta bu yil amalga oshmagan «Siti» ga qarshi bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, «Yunayted» kelasi yilgi mavsum oldi tayyorgarlik rejasiga jamoaning Angliyaga qaytgandan keyin yana bitta uchrashuv o‘tkazishi kiritilgan.  

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.