Янгиликлар /

Lindelyof bilan muzokara boshlangan

Мақола нашр қилинди

Sky Sports telekanali «Manchester Yunayted» jamoasini «Benfika» himoyachisi Viktor Lindelyof borasida muzokara olib borayotganini tasdiqladi.

Telekanal xabar berishicha Lissabon jamoasi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida ishtirok etishi sababli futbolchini sotish niyatidan qaydgan, lekin muzokaralar boshlanib ketgan.

Sky Sports xabarida «Yunayted» jamoasi «Benfika» prezidenti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga chiqqan va bu haqida portugaliyaning O Jogo nashri ham xabar bergan.

Lindelyof «Benfika» bilan 2011 yili 17 yoshida shartnoma tuzgan va o‘tgan mavsumda jamoasining chempion bo‘lishida muhim rol o‘ynagan. Futbolchi shuningdek Shvetsiya terma jamoasi safida 11 uchrashuvda maydonga tushishga ulgirgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.