Янгиликлар /

Pavel Mamaev: «MYU»ga o‘tishim mumkin edi

Мақола нашр қилинди

SSKA klubiyarim himoyachisi Pavel Mamaev bir yil oldin «Manchester Yunayted»ga o‘tishigayaqin qolganini aytib berdi.

«2011 yiloxirida Mayamida dam olayotgandim Zoran Toshich qo‘ng‘iroq qildi va yaxshi klubmen bilan qiziqayotganini aytdi. Unga bir necha tilni biladigan singlimningtelefon raqamini berdim. Unga qo‘ng‘iroq qilib, Moskvada uchrashuvbelgilashibdi. Uchrashuvga otam borgan va faqat shundan so‘ng «ManchesterYunayted»dan qiziqish bo‘layotganini bildik. Buni eshitgach biroz dovdirabqoldim, axir buni har bir futbolchi orzu qiladi.

Shundanso‘ng klub bosh direktori Roman Babaev meni chaqirtirdi. Fergyuson bu taklifnibildirishdan oldin Zoran Toshichga qo‘ng‘iroq qilib, men bilan qiziqqanekan.Ular meni ancha vaqt kuzatib yurishgan.

Inglizklubi vakillari transfer 80 foizga aniq bo‘lganini aytdilar. Faqat menga ishchiviza olish qolgandi. Ammo terma jamoada kam o‘ynaganim uchun bu muammo ekan.Inglizlar Fergyusonning o‘zi bu bilan shug‘ullanishini aytdilar. Ammo ishyurishmadi shekilli, keyinroq menga transfer amalga oshmasligini bildirdilar,deydi futbolchi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.