Янгиликлар /

Fergyuson AFFga maktub yo‘lladi

Мақола нашр қилинди

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson Angliya futbol federatsiyasiga Premer-Ligadoirasidagi «Tottenxem»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng hakamlar nomiga bildirilgantanqidli fikrlariga yozma izoh yubordi.

Ser Aleks uningjamoasi 1:1 hisobida o‘ynagan uchrashuvdagi hakamning harakatlaridan norozi bo‘ldi.Fergyusonning eng jahli chiqqani qanot laynsmeni Saymon Bek bo‘ldi, mazkur laysmen«Yunayted»ni birinchi marta qiyin axvolga solib qo‘yishi emas. 2010 yili aynan manashu qanot hakami «Chelsi» hujumchisi Dide Drogbaning yaqqol ofsayddan kiritgan golinihisoblagan edi.

Angliya futbolfederatsiyasi Fergyusondan hakamlar harakatiga bildirgan tanqidiga izoh berishiniso‘rashgan edi, payshanba kuni — eng oxirigi sanada — «Yunayted» ustozi mazkur voqeanuqtai nazaridan o‘z fikrlarini bildirdi.

Endi Angliyafutbol federatsiyasi Fergyusonning fikrlarini o‘rganib chiqib, seshanba kungachaserga nisbatan jarima yoki diskvalifikatsiya qo‘llashi mumkin.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.