Янгиликлар /

SAF: Yuz foizlik tarkib bilan borishni istayman

Мақола нашр қилинди

«ManchesterYunayted» jamoasi bosh murabbiyi Aleks Fergyuson jamoaning jarohatlangan futbolchilariEshli Yang va Jonni Evans haqidagi yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi.

«Jonni Evansva Eshli Yang hali 100 foiz maydonga tushishga tayyor emaslar. Qatardagi yig‘indaYang mashg‘ulotlarda ishtirok etdi, u tez orada tarkibga qaytadi. Jonni haqida gapirsam,uning tiklanish jarayoni biroz ko‘proq vaqt oladi, biz xisoblaganga qaraganda birhafta ko‘proq.

Albatta, Jonsva Smolling safga qaytishgan, bu jamoa uchun katta plyus. Shu sabab himoyada bizningishlarimiz yaxshi.

Yang ham, Evansham «Real»ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuviga qadar safga qaytishadi. Mazkurkatta bahsga yuz foizlik tarkib bilan borishni istayman», – deydi Fergyuson.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.