Afsonaviy daniyalikgolkiper Peter Shmeyxel «MYU»ning «Tottenxem» bilan o‘yinda g‘alabani boy berishidaasosiy aybdor deb hisoblanayotgan David De Xeani qo‘llab-quvvatladi.
«De Xeani ayblashjuda oson. Men bu tanqidlarga qo‘shilmayman. Agar De Xea o‘shanda namoyish qilgano‘yinidek o‘ynamaganida biz 1:4ga yutqazardik deb o‘ylayman. Biz darvozabon seyvlarnamoyish qilishi kerak bo‘lgan futbol ko‘rsatdik va De Xea buni bajardi.
U o‘z ishiniqildi. Lekin buni hech kim qayd qilmayapti. Agar biz bunchalik chuqur himoyalanmaganimizda,raqibda bunchalar ko‘p vaziyat bo‘lmasdi deb hisoblayman. Aynan shu borada jamoadaish olib borish kerak deb hisoblayman», — dedi sobiq darvozabon.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.