Янгиликлар /

Karrager: Ibragimovich - xarizmatik futbolchi

Мақола нашр қилинди

«Liverpuly» sobiq himoyachisi Jeymi Karrager hujumchi Zlatan Ibragimovichni «Manchester Yunayted» ga o‘tishini 2016 yilning eng foydali transferi deya atadi. 35 yoshli futbolchi yozda «qizil iblislar» safiga erkin agent maqomida kelib qo‘shilgan edi.

«Bu yil Pogba transferi futbol tarixidagi rekord natijani qayd etdi, vaqtida uni «MYU» bepul berib yuborgan edi. Ibragimovichni Seriya A va Liga 1 dagi o‘yinlarini tanqid qilardik, chunki u Chempionlar Ligasida yetakchilikni ko‘rsata olmas edi. Mening unga bo‘lgan fikrim 2012 yil noyabr oyida Shvesiya- Angliya o‘yinida 4ta gol urgandan keyin o‘zgargan. Uning APL ga kelgandan keyin ko‘rsatgan natijalari esa bunga xech qanaqa shubha qoldirmadi– 25 ta o‘yinda 16 gol».

«Zlatan raqobatbardosh qolayotgani bilan bahslashib o‘tirmayman. U xarizmatik, kuchli va yuqori darajadagi to‘purar. Ibragimovich o‘zining ajoyib faoliyati davomida 29 yutuqa erishgan, shulardan11 tasi mamlakat chempionligidir», — Karrager so‘zlaridan izoh keltirdi Daily Mail nashri.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.