«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan 2017 yilda «qizil iblislar» bilan bir qancha mukofotga sazovor bo‘lish niyatida ekanligini aytib o‘tdi.
«Jamoaning barcha a’zolariga shuni tilab tilardimki, kelgusi yilda «Yunayted» eng kuchli bo‘ladi. Bu biz uchun chempionlik uchun kurashgan ajoyib mavsum bo‘ladi. Biz ishonamizki, kelayotgan 2017 yilda, biz ko‘plab yutuqlarga erishamiz. «Manchester Yunayted» hozirda yetakchilardan ancha ortda qolmoqda, lekin kurash hali davom etadi. Chempionatda hali uchrashuvlar juda ko‘p, shunday ekan biz kuchli to‘rtlikka kirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga xarakat qilamiz. Va albatta Yevropa Ligasi Uchrashuvida ham uzoqroq borishga harakat qilamiz», — Mxitaryan so‘zlaridan izoh keltirdi Goal portali.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.