Янгиликлар /

«Yunayted» Boksing Dey rekordchisi

Мақола нашр қилинди

Sky Sports nashri ingliz jamoalarining Boksing Deydagi ishtiroklarini tahlil qilib chiqdi va o‘ziga hos reytingi e’lon qildi. Unga ko‘ra «Manchester Yunayted» Rojdestvoning ikkinchi kunida eng ko‘p g‘alaba qozonish bo‘yicha rekrod sohibi. 

«Yunayted» 26 dekabrda o‘tkazgan uchrashuvlarning 54% da g‘alaba qozongan. Umumiy hisobda «qizil iblislar» Boksing Deyda 92 uchrashuv o‘tkazishgan, shundan 50 g‘alab, 15 durang va 27 uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan.

Qiziq tomoni shundagi Premer Liga vakillaridan ushbu reytingada «Yunayted» ga eng yaqini — «Liverpul».

Ushbu reytingga Boksing Deyda 15 ta uchrashuvdan kam o‘yin o‘tkazmagan jamoalar kiritilgan.

Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, «Yunayted» Boksing Deyda umumiy hisobda 185 ta gol urgan bu Angliyadagi eng yaxshi ko‘rsatgichdir.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.